Xabaringiz bor 2012 yil 4 noyabr kuni Qozog'istonning Olma-ota shahrida Shahzoda o'z yakkaxon konsert dasturini taqdim etishi kerak edi. Mana konsert dasturi ham bo'lib o'tdi. Biz mazkur konsertga oid bir qator ma'lumotlar bilan o'rtoqlashamiz.
Shahzodaning xorij davlatlari bo'ylab gastrol turnesi aynan Olma-ota shahridan boshlandi. Olma-ota shahrida joylashgan Respublika saroyi konsert zalida bo'lib o'tgan konsert dasturi muxlislar bilan to'lib toshdi. Shahzodaning ashaddiy muxlislari Qozog'istonda ham anchagina topilishi mazkur konsertdan so'ng yanada ko'proq ayon bo'ldi. Jonli ijroda o'tgan ushbu dasturda Shahzodaning ijodiy jamoasi "Osiyo" ("Aziya") ansambli ham bek vokal Aziza o'z imkoniyatlarini barchaga namoyish eta olishdi. Endi navbat Rossiyaga!!!