Bugun biz ko’pchilikning ko’z o’ngidan chetda qolayotgan mavzu o’zbek estradasining yulduzlarining rasmiy saytlarini tahlil qilib, ulardagi kamchiliklari, yutuqlari,yaxshi va yomon jihatlarini obdon tahlil etib chiqaman. So’zim boshida shuni aytib o’tishni joyiz topdim, xo’sh nima uchun maqola yulduzlarning shaxsiy va rasmiy saytlari haqida bo’la turib maqolaning sarlavhasi bunaqa deb o’ylashingiz tabiiy. O’ylaymanki maqolani o’qib chiqqandan so’ng, bu savolga o’zingiz javob topasiz!
1- o'rin www.Rayhon.uz O’zbek shou-biznesining bugungi kundagi yorqin yulduzimiz Rayhon o’z ijodi, imidji va shaxsiy hayoti bilan namuna bo’la olishi haqida aytib o’tgan edim. Bilasizmi Rayhon internet olamida ham o’z rasmiy sayti bilan barcha o’zbek shou biznesi yulduzlariga namuna bo’la olar ekan. Boshqacha aytganda u o’zbek shou-biznesi yulduzlariga internet olamida qanday sayt ochish kerak ekanligini ko’rsatib qo’ydi.
Sayt o’z arxiviga ega, yangiliklar muntazam ravishta yangilanib boradi va o’z ichiga foto, video va musiqiy namunalarni ham kiritib boradi.Uning ijodiy faoliyatini internet kuzatuvchilariga rus va o’zbek tilida to’laqonli yetkazib beradi. Ushbu saytda Rayhon haqidagi yangiliklarga qo’shimcha ravishta, uning barcha yillardagi musiqiy albomlari, o’tkazilgan barcha fotosessiyalar va kinolarga kuylagan saundtreklari, Rayhon qatnashgan turli xil tadbirlar va kino festilavallarda tushgan suratlari, u bilan aloqa, on-line muloqotlar,uning tarjimai holi, kliplari DVD va mp4, avi formatlarida va yana qo’shimcha qulayliklar bilan uyg’unlashgan. Rayhonning rasmiy saytida juda ham ko’plab ma’lumotlarni cheklanmagan holda kunning istalgan lahzasida bahramant bo’lishingiz mumkun. Shuningdek sayt orqali Rayhonning turli xil tabriklari, intervyulari va fikrlarini ham izlab topishingiz mumkun.
Qolaversa www.Rayhon.uz da uning Odnaklassniki,Twitter,Facebook,Moy Mir,Myspace kabi turli xil ichtimoiy tarmoqlarga yo’nalgan linklariga guvoh bo’lishimiz mumkun.
Shuni ham alohida aytishimiz mumkunki, saytda mobil telefonlar uchun temalar, kompyuter ish stoli uchun turli xil hajmdagi oboilar ham mavjud. Eng asosiysi bu ma’lumotlar va foto,video,audio mahsulotlar va yangiliklar bilan uzluksiz ravishta boyishi ro’yxatimizda WwW.RAYHON.Uz ga birinchi pog’onani bermoqda. Shuni ham qo’shimcha qilishim kerakki saytda Rayhonning kliplarining suratga olish jarayonlaridan foto va video mahsulotlar ham joylanadi. Kliplarining premyeralari ham WwW.RAYHON.Uz saytida da bo’lib o’tadi.Uning rasmiy saytida Rayhonning Wikipediyaga yo’nalgan linki va FanClubi ga yo’nalgan link ham mavjud, qolaversa forum va chat ham muhlislar ixtiyorida.
Endi esa sarlavhamizga izoh bersak, shu kunga qadar www.Rayhon.uz ga 27 yanvar kundagi holatga ko’ra umumiy 3 942 298 nafar inson kirgan bo’lib, har kuni o’rtacha kuzatiluvchi xost yani kunlik o’quvchilar soni 1500 nafardan ziyodroq ko’rsatkichni tashkil etmoqda. Bu bilan Rayhon muhlislari tufayli Million o’quvchiga ega rasmiy sayti mavjud bo’lib, shu sayt faqat va faqat unga bag’ishlanganligi e’tiborga loyiq. Qolaversa bu ham saytga xalqimiz tomonidan berilayotgan e’tiborning yorqin dalili bo’la oladi desam adashmayman.
2-o’rin www.Ummon.uz
Zohid, Jasur va Shoxruxdan tashkil topgan “Ummon” guruhining rasmiy saytiga ushbu reytingda ikkinchi o’rinni berdim. Ularning rasmiy saytlari bugungi kunda katta tezlikda o’z qamroviga “Ummon” guruhiga oid yangiliklar oqimini qabul qilmoqda. Music bloki ham ularning ko’plab qo’shiqlaridan tuzilgan galereya bilan ajralib turibdi. Biografiya bloki ham namunali, ammo saytning salbiy taraflari bir muncha achinarli fanclub bloki hali ishga tushmagan. Shuningdek klib va video juda ham kech saytga qo’yilmoqda, qo’yilgandan so’ng ham ssilkalarda turli xil xatolar ko’zga ko’rinmoqda. Galeriya blokidagi guruhining suratlari ham sayt hajmiga qaraganda juda oz, saytga oxirgi ma’lumot bundan bir necha kun oldin kiritilgan, ammo o’quvchilar soning yuqoriligi va audio blokidan ko’chirib olinayotgan musiqalar soni tufayli www.ummon.tv bugungi ro’yxatning 2-o’rinidan joy oldi.
(Hozirda sayt Ummon.uz bo'lib ,o'z faoliyatini davom ettirmoqda)
3-o’rin www.Shahzoda.uz O’zbek estradasida Shahzoda nomi ostida ijoq qiluvchi Zilola Musayevaning shahsiy sayti ham yetuk wep masterlar tomonidan yo’lga qo’yilgan, sayt dizayni ancha ilg’or, ammo saytda ma’lumotlar ketma ketligi oldingidek faol emas, so’nggi yangilik saytga 29 oktabr 2012 yili kiritilgan bo’lib, Shahzoda haqidagi yangiliklarning davomiyligi to’htab qolgan. Shahzodaning bir qator mamlakatlardagi konsertlarini to’laqonli yoritib bera olmagan, shuningdek saytda umumiy tezlik juda past, shuni ham aytishim mumkunki ba’zi bloklarga mutlaqo qaramay qo’yilgan.Shahzodaning fanclublariga yo’nalgan ssikalarning biri xozirda mavjud emas, ammo audio va video bloklari u darajada yomon emas. www.Shahzoda.uz bugungi ro’yxatda uchinchi o’rinda turibdi, bunga eng asosiy sabab bu saytning yangiliklarning sust qo’shilishidadur. Shunisi e’tiborliki Shahzodaning rasmiy saytiga tashruf buyuruvchilarning umumiy soni 4 543 557 nafarni kunlik xost esa 700 nafar atrofidagi o’quvchilarni tashkil etadi, ammo sayt yana oldingidek faollikga erishmasa, yaqin orada kunlik xost pastga qarab ketishi aniq.
Shuni aytib o’tmoqchimizki (4 462 024) bu ko’rsatgich faqatgina www.Shahzoda.uz niki emas balki www.shahzoda.uz , www.shahzoda.ru va www.shahzoda.com saytlarining umumiy ko’rsatgichidur, yani bu hisoblagich bir emas uchta sayt o’quvchilarini sanamoqda.
4-o'rin www.Rahmatullaev.com O’zbek shou-biznesining yorqin namoyondalaridan biri Ulug’bek Rahmatullaevning rasmiy saytida ham ko’zga ko’rinarli natijalar yo’q emas. Rahmatullaevning rasmiy saytida nafaqat o’zbek balki rus, ingliz tillaridagi ma’lumotlardan ham xabardor bo’lishingiz mumkin bo’lib, saytda audio, video va fotogalereya kabi zarur bloklar mavjud. Rahmatullaevning rasmiy saytidagi umumiy o’quvchilar soni bugunga kelib 22 434 nafar o’quvchini tashkil etmoqda.