|
RAYHON BUGUNKI KUN YULDUZI BO'LA OLADIMI?
| 28.12.2012, 12:16 |
O’zbek kino klassikasining Afsonasiv Nabi G’aniyevning nabirasi,mashhur marxum aktyor Otabek G’aniyev, va o’zbek dublyaj san’atiga beqiyos xissa qo’shgan, kinolarda yuzlab takrorlanmas ro’llarni ijro etgan Tamara Shakirovnalarning qizlari Rayhon haqidagi eng qiziq ma’lumotlar bilan tanishing. O’zbek shou-biznesining eng yorqin yulduzi va tirik afsonasi “Sevgi va Muhabbat” farishtasi yagona va betakror deb tariflanuvchi Rayhon G’aniyeva 1978-yilning 16-sentabr kuni Toshkent shaxrida dunyoga kelgan.Rayhon 1999-yili o’z ijodiy faoliyatini “Hayol” guruhi bilan boshlaydi, ikki qiz va bir yigitdan tashkil topgan bu guruh, qisqa vaqtichida bir qancha taronalarni va bitta klipni o’z muhlislariga havola etadilar. “Qayerdasan” nomli qo’shiq esa, hit darajasiga yetadi lekin bu guruh bor yo’g’i bir yil dan so’ng parchaladi va Rayhon 2000-yildan yakkaxon ijodini boshlaydi va ana shu yili «Ilon» va «Zanjir» nomli seriallardan ro’l ijro etadi. Keyinchalik Tarona Rekord kompaniyasi bilan hamkorlikda ilk albomini ustida ishlay boshlaydi. Shu vaqtlarda Tohir va Zuhra filmida ham rol ijro etadi. 2001-yili Rayhonning «Sensiz» nomli albomini katta tirajlarda sotuvga chiqariladi. Shu vaqtlarning o’zidanoq Rayhon yulduzlik darajasiga sekin astalik bilan qadam tashlaydi, qolaversa Rayhon 2001-yili Milliy bayramlarimiz hisoblangan Navruz va Mustaqillik bayramlarida chiqish qiladi.2002-yili Rayhonning ijodida yana bir yangi pog’ona zabt etiladi. Shu yilda o’zining ilk yakkaxon konsert dasturini uyishtiradi. Ushbu konsert dasturi muhlislar tomonidan illiq kutib olinadi. 2002 va 2003-yillardagi konsert dasturlari Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatirida bo’lib o’tadi. Undan keyingi barcha Rayhonning yakkahon konsert dasturlari yurtimizning eng muhtasham hisoblangan Istiqlol San’at saroyida bo’lib o’tgan. Shu yerda yana bir fakt Rayhon O’zbekiston Respublikasida 10-yil ketma-ket yakkahon konsert berishga erishgan, yagona san’atkor hisoblanadi. Honanda shu vaqtga qadar o’z qo’shiqlarini jamlagan holatda, o’n bitta albom chiqarishga ulgurgan. Sensiz (2001y),Baxtli bo’laman (2002y), Sevgilim (2004y), Faqat Muhabbat (2005y),Yodingdami (2006y), Sog’indim(2007y) ,Doimo(2008y), Orzuinga ishon (2009y),Tabassum qil(2010y), Sevaveraman (2011y), Sevgi bu nima ? (2012y).Shuningdek RAYHON duet kuylash borasida ham ko’zga ko’rinarli natijalarni qayd etgan.Shu vaqtga qadar Shahnoz, Abdulaziz Karim, Davron Ergashev, Dervishi, Bojalar guruhi, Sardor Rahimxon, Manzura, Sogdiana, Rashid Halikov, Ulug’bek Rahmatullaev, A. Atamuhamedov,Alisher Uzoqov, Ozodbek Nazarbekov kabi mashhur yulduzlar bilab duet kuylagan. Rayhon O’zbekistonda Xizmat ko’rsatgan artist, Nihol mukofoti, MTVA taqdirlash marosimida Yilning eng yaxshi ayol xonandasi,Yilning eng yaxshi qo’shig’i va yana bir qancha MTVA da ta’sis etilgan nominatsiyalarda, turli yillarda mukofotlangan. Qolaversa Rayhon Tarona Rekord kompaniyasi tomonidan ham turli yillarda bir qator yo’nalishlar bo’yicha mukofotlangan va g’oliblikni qo’lga kiritgan. Azoblaysan, To Hayot Ekanman, Baxtli bo’laman, Asirimsan, Senga emas, Kim bilar, Faqat Muhabbat, Xech ayrilma, Osmonim, Oyijon, Qaytolmayman, Men nechun yaraldim ,Aytaolmayman, Intilib yashayman, Ho`p mayli,Yodingdami, Baka-bang, Sen ketding, O`rtamizda, Tavba qildim, Netay, Afsus, Ayriliq, Ota-ona duosi,Orzuinga ishon, Nega, Yor-Yor, Shunchalar, Tabassum qil, Bombey, Xatolaring, Topaymikan, Sen bilan, U meniki, Sevaveraman,Alla,Tanho emassan,Nega endi, Sumbula, Ahir, Yurak uradi,Vaqt o’tar,Unutaman, Samodan, Oyijon kabi taronalari chin manoda HIT darajasiga yetgan.U bir yilda eng kamida o’nta qo’shiq kuylaydi (eng kamida). Rayhon xorijiy mamlakatlarda Klip suratga olish borasida ham ilg’or masalan: To hayot ekanman (Yevropa), Hop mayli (Turkiya),Qayta olmayman (Turkiya), Bilmagandim (A.Q.SH), Sen bilan (A.Q.SH), shuningdek Rayhonning boshqa kliplarida ham bir emas, bir nechta O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlari yoki O’zbekiston xalq artistlarii shuningdek mashhur yulduzlar ro’llar ijro etadilar bu ham RAYHON ning kliplarida an’anaga aylangan.
Masalan: “Aytolmayman” klipida – Farruh Soipov, “Yodingdami” klipida – Samandar Hamroqulov, “Bombey” klipida – Jahongir Foziljonov, Akbar, Aziz Rametov, Halima Ibrohimova, “Nega endi” klipida – Alisher Uzoqov, “Samodan” klipida – YigitAli Mamajonov, “Orzuinga ishon” klipida – Yodgor Nosirov, Jahongir Foziljonov, Mo’min Oripov, Dilshodbek Kattabekov,Shukurillo Isroilov, “Tabassum qil” klipida – Umid Mirzayev, U meniki Klipida – Sardor Rahimhon, “Yor-Yor”klipi – Bobur Yo’ldoshev, Samandar Hamroqulov, Qolaversa Rayhon kliplarida ko’p sonli aktyor va aktrisalardan tashkil topgan umumiy sahnali kliplari bilan ham mahtana oladi. Masalan, Bombey,Yurak Uradi, Baka-Bang, Doimo. Shuningdek u Tohir va Zuhra, G’aroyib Orzular,Kechir,Yangi yil parisi shuningdek yana bir qator filmlarda bosh ro’lni ijro etgan. Kechir filmiga prodyuserlik va rejissyorlik ham qilgan, film ssenariysini ham o’zi yozgan. O’zbek kinosining eng mashhur yulduzlari jamlangan ushbu “Kechir” filmi ham katta shuhrat qozongan. O’zbekiston-shou biznesiga ko’plab yangiliklar olib kirgan, bunga yaqqol misol tariqasida Rayhonning konsertlarini misol qilib keltiramiz. Konsertlarini bera boshlagan davrda O’zbekistondagi barcha katta konsertlarda qo’shiqchilar bir qancha qo’shiq kuylagan tanaffus qilishadi. Kiyimlarini almashtirgan vaqtlari besh daqiqalik pauzalar bitta konsertda o’rtacha uch marotaba bo’ladi, bu vaqtda ana shu davrda konsertda so’z ustalari qiziqchilar chiqishar edi. Barcha konsertlarni mehmonlari bo’lar edi, yani qiziqchilar va bitta boshqa xonanda barcha konsertlarda bitta, ikkita chiqish qilishardi. Bu 100% barcha konsertlardagi meyoriy holat edi,ammo bu bir xillikga birinchi bo’lib Rayhon chek qo’ygan.Uning bironta ham konsert dasturida qiziqchilar yoki turli-xil komediya guruhlar chiqishmaydi. Faqatgina Uning duet doshlarigina, konsertlarida duet kuylagan vaqtlari chiqar edilar. Rayhon konsertlarida kiyim almashtirish vaqtida ham turli xil chuqur ma’noga ega bo’lgan yosh akytorlar ijrosidagi sahnalar va miliy klassikamizga kirgan raqslar ijro etiladi. Bu holatni xozirgi kunda konsertlarida tadbiq etayotganlar buni Rayhondan o’rganganlar desak adashmaymiz. Rayhon konsert bera boshlagan yillarda bu xech kimning hayoliga kelmagan holat edi.Shuningdekhonanda imidji, soch turmagi, sochining rangi, liboslaridagi imidjdagi yangiliklar borasida ham, har yili yengiliklarga qo’l uradi va yangidan yangi modalarga asos soladi. Rayhon AQSHning Nyu-York, Buyuk Britaniyaning London, Moskva shaharlarida va Turkiya, Xitoy kabi davlatlarda eng asosiysi O’zbekistonning barcha viloyatlari va Toshkent shaharlarida konsertlar bergani haqida habaringiz bo’lsa kerak.U bu yilgi MTVA taqdirlar marosimida haqli ravishda “Yilning eng yaxshi ayol xonandasi” unvoniga sazovor bo’ldi.Bu bilan Rayhon MTVA tarixida o’ziga hos rekordni qayt etdi. Shu vaqtga qadar xech qaysi ayol xonanda MTVA marosimining “Eng yaxshi ayol xonandasi” nominatsiyasida ikki marotaba g’alaba qozonmagan edi. Fikrimcha sizga Rayhonning ijodiy faoliyatini siz azizlar uchun yetarlicha yoritib bera oldim. Uning shaxsiy hayotida turli xil voqealar yuz berdi.Rayhon bu yil o’z onasi dublyaj qirolichasi Tamara Shakirovadan ayrildi. Rayhon va Nasiba go’zal qizlarni dunyoga keltirgan Tamara Shakirov 2012-yilning Fevral oyida hayotdan ko’z yumdi. Bu nafaqat Rayhoning shaxsiy hayotida, balki o’zbek san’atida, o’zbek kinosida, o’zbek dublyajida, Tamara Shakirova va Rayhonning muhlislari orasida ulkan yoqotish bo’lib qoldi. Honanda o’z irodasini,qattiyatini,matonatini yana bir bor namoyon etgan holatda, barcha qiyinchiliklarni yengib o’ta oldi. Bu bilan barcha insonlarga o’rnak bo’la oldi. U o’z onasiga bag’ishlab “Oyijon” nomli qo’shiq va klipni ommaga taqdim etdi. Rayhonni qalbidagi, ko’nglining tubidagi o’z onasiga bag’ishlangan so’zlari, armonlari dildagi gaplari, jamlangan ushbu tarona butun O’zbekiston, qolaversa rus millatiga mansub insonlarni ham qalblarini jumbushga keltirdi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Shuningdek bu yili uni quvonchli hodisalar ham chetlab o’tgani yo’q. Sevgi va Muhabbat farishtasi nomini olgan Rayhon aynan bu yili o’z baxtini, sevgisini, o’z muhabbatini topdi. “Samodan” klipini suratga olish jarayonida Rayhon va iqtidorli aktyorlardan bo’lgan qisqa vaqt ichida mashhurlik shox supasiga ko’tarila olgan YigitAli Mamajonov o’rtasida Sevgi va Muhabbat paydo bo’ldi. Bu ikki inson oila atalmush muqaddas dargohga qadam qo’ydilar. 16-noyabr kuni Versal restoranida bo’lib o’tgan to’y haqida eslatishimiz shart emas, nazarimizda binobarin ushbu quvonchli xodisa sayt tomonidan keng qamrovda yoritib borildi. Yana shuni ham aytishimiz mumkunki Rayhon aksariyat qo’shiqlarining so’zlarini va musiqasini ham o’zi yozadi. Uning qo’shiqlara va kliplari o’zining yuragidan chiqqanligini sezish mumkun. Bu yilgi MTVA taqdirlar marosimida ham Yilning eng yaxshi ayol xonandasi bo’lishga nomzod bo’lib turgan edi va buni uddasidan chiqdi.
Biz bu imkoniyatdan foydalangan holda Rayhonni MVTA mukofot g’olibi bo’lgani bilan chin dildan tabriklab, unga ulkan muvaffaqiyatlarni tilab qolamiz! Shuni ham aytish joizki Rayhon bu yili juda o’gir damlarni kechirgan bo’lsada, uning irodasi mustahkam bo’lgani bois, unga omadli kunlar ham kulib boqdi. Biz esa doim Rayhonni qo’llab quvvatlashda davom etamiz!Rayhon hozirgi kunda eng ideal xonandalardan, boshqacha qilib aytganda eng ideal insonlardan biridur. U san'at yo’li, shaxsiy oilasi, o’z irodasi va matonati, odobi, o’zini tutishi, insoniy tuyg’ulari shuningdek o’z chiroyi bilan har bir insonga o’rnak bo’la oladi. Har tomonlama bekami ko’st bo’lgan Rayhon haqida yana shuni ham aytishim mumkunki, u bir necha yillardan beri yulduzlik cho’qqisida turgan bo’lsada, bir qator xorijiy mamlakatlarda tanilgan holda, har doim yuqoriga ko’tarilgan holatda, yanada yorqinroq porlayotgan yulduz bo’lsada o’ziga yarasha moddiy jihatdan yuqori darajada bo’lsada, xozirgi kunda shou-biznesimizda keng tarqalgan ilatlardan kibri havo, manmanlik, ikki yuzlamachilik yoki o’zidan o’zgani mensimaslik kabi salbiy illatlardan yiroqdir. Honanda hamisha o’zini intervyularida o’zga insonlarga yaxshilik, mexr muhabbat ulashib yashamoqchi ekanligini hamisha hayotga optimistiklik bilan qarashga urunishini ta'kidlab keladi. O'z navbatida amalda ham shu ishlarni amalga oshira oladi. Rayhon Fond Forum deyarli barcha tadbirlarida faol ishtirok etib keladi. Hayriya 1000 ta to’y, Hayot uchun ko’krak bezi saratoniga qarshi kurash marafoni, Futbol shoulari, ArtWeekStyleUz, Oltin Gepard xalqaro kino festevali, qolaversa On-Line konferentsiyalarida qatnashib keladi. Rasmda ko'rib turganingizdek shaxsan Gulnora Karimovaning qo'llaridan Tashakkurnoma olishga ham erishdi. Shuningdek Rayhon turli xil hayriya tadbirlarni ham kanda qilmaydi. Shuni aytishimiz mumkunki u turli xil ota-onasiz yetim bolalar, nogironlar va kasalxonalarda turli xil xayiriya tadbirlarini o’tkazib keladi. Qon topshirish aksiyalarida faol ishtirok etib, mana shu yo’l bilan qiynalgan, yordamga muhtoj insonlarga oz bo’lsada dalda bo’ladi. Rayhon ba'zibir san'atkorlar kabi o’z hayriya tadbirlarini keng doirada TV,Gazeta,Internet,Radio orqali suniy reklama qilgan holatda obro’ topishga yoki maqtanish yaxshi ko’rinishga urinmaydi.Barcha hayriya tadbirlarini ommaviy axborot vositalariga ovoza qilmagan holda o’ng qo’ling qilgan ishni chap qo’ling bilmasin, degan aqidaga rioaya etgan holatda amalga oshiradi. Ammo Rayhon shu hayriya tadbirlari va insonparvarligini bizdan berkita olmadi. Rayhonga qoyil qolmay ilojimiz yo’q. Ha aytgancha, NTT kanalining sevimli bo'lgan 25 kadr ko'rsatuvining yangi yil sonidagi o'zbek sanatining eng yorqin yulduzlari hamda siz sevgan Rayhon bilan bo'lib o'tgan mega shouni tomosha qilishni unutmang, 31 dekabr faqat NTT kanalida!
|
Категория: Qiziqarli HabaRlar | Добавил: MaFtUnA
|
Просмотров: 4370 | Загрузок: 0
| Рейтинг: 0.0/0 |
| |