Rayhon bilan birinchi uchrashuvingizni eslang. U haqida birinchi taasurotingiz qanday bo’lgan? - Insonlarda kamtarinlikni juda qadrlayman. Va Rayhon o’zining mashhurligiga qaramay juda ham kamtarin qiz ekanligi meni lol qoldirdi.
- Rayhonni qaysi hislatini hurmat qilasiz? - U nihoyatda iqtidorli inson.
- Sizning fikringizcha, Rayhonning salbiy hislati? - Buni salbiy hislat deb aytmagan bo’lardim, lekin Rayhon insonlar bilan muloqotda juda jiddiy. Ammo bu unga nisbatan qiziqish uyg’otadi.
- Qaysi qo’shiq orqali siz o’zingiz uchun Rayhonni kashf etgansiz? - “Bahtli bo’laman” qo’shig’i orqali o’zim uchun Rayhonni kashf etganman. Nihoyatda chiroyli va ta’sirli qo’shiq.
- Rayhon ijrosidagi sevimli qo’shig’ingiz bormi? - Bor, “Nega endi”.
- Rayhonni qo’shiqchi sifatidan tashqari yana kim deb tasavvur qil olasiz? - Men uchun Rayhon nafaqat ajoyib honanda, balki iqtidorli aktrisa hamdir.
- Sizningcha Rayhon kimsasiz orolga o’zi bilan nima olib ketar edi? - Meni fikrimcha - telefon.
- Tasavvur qiling Rayhonda dunyoni o’zgartirish imkoniyati bor. U nimani o’zgartirgan bo’lar edi? - Rayhonni juda ham mehribon va yordamga tayyor inson sifatida bilaman, meni fikrimcha u barcha bemorlarni dardiga da’vo topgan bo’lar edi.
- Rayhonga qanday savol bergan bo’lardingiz? - “Rostanmi?”
- Rayhonga qanday ijodiy maslahat bergan bo’lardingiz? - Kamroq duetlar va ko’proq yangi xit taronalar.
- Tilaklaringiz. - Maftunkor ayol va ajoyib honanda Rayhonga doim sevimli bo’lib qolishini tilayman.